Agentlik keksalar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini yurituvchi davlat organi hisoblanadi.
Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilangan:
- keksalar, nogironlar va aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha yagona davlat boshqaruvini amalga oshiradi;
- keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa qatlamlariga manzilli tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin;
- Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari va hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.